O‘zbekistonning eng yaxshi internet-provayderlari reytingi tuzildi

O‘zbekistonning eng yaxshi internet-provayderlari reytingi tuzildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.uz” guruhida O‘zbekistonning eng yaxshi Internet-provayderlari reytingi shakllantirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yil yanvar oyidan 2017 yilning fevraliga qadar guruhda a’zolar tomonidan 112 marotaba “Yaxshi provayderni tavsiya qiling” mazmunidagi so‘rov qoldirilgan.

Mazkur postlardagi muhokamalar 4 toifaga bo‘lingan. Misol uchun, “unuting, bizda bunaqasi yo‘q”, “ularning barchasida ishlash sifati bir xil” mazmuniga ega munosabatlar. So‘nggi kategoriya bo‘yicha tanlangan tavsiyalarda esa muayyan internet provayderining nomi, xizmatlari ko‘rsatilib. ijobiy munosabat bildirilgan.

Unga ko‘ra, Turon Telecom, Sarkor, Uzonline, TPS, Comnet kabi iste’molchilarga internet yetkazib beruvchilari “eng yaxshi” deb topilgan. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ko‘ra, 2017 yilning yanvar holatida mamlakatimizda 650 dan ziyod operator va provayderlar faoliyat ko‘rsatmoqda

Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi jadvalda tanishing:

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!