“O‘zbektelekom” internet sifati 5 fevralgacha yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

“O‘zbektelekom” internet sifati 5 fevralgacha yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi profilaktika ishlarini 2016 yilning fevraliga qadar davom ettirishi munosabati bilan O‘zbekistonda internet sifati yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, profilaktika ishlari seshanba, 5 yanvardan boshlanadi.

“O‘zbektelekom” AK hamkorlari tarmog‘ida ishlar olib borilayotgani munosabati bilan 2016 yil 5 yanvardan 2016 yil 5 fevralga qadar Internet xizmatlarini taqdim etish sifati yomonlashishi mumki”, – deyiladi “O‘zbektelekom” xabarida.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!