«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tarifini arzonlashtirdi

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tarifini arzonlashtirdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 16 fevraldan mahalliy provayderlar uchun tashqi kanal internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekund uchun 80,94 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Shu yilning o‘zida tariflar beshinchi marta arzonlashtirildi. Tariflar 2017 yil 1 yanvardan 1 Mbit/sekund uchun 91,07, 6 yanvardan 87,57, 10 yanvardan 86,85, 2 fevraldan 86,11 va 16 fevraldan 80,94 dollarga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tariflar 12 marta tushirilgan edi. 2016 yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/sekund uchun 156,24 dollardan 91,50 dollargacha arzonlashtirildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!