Uzcard hafta davomida terminallar faoliyatida uzilishlar bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirdi

Uzcard hafta davomida terminallar faoliyatida uzilishlar bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirdi

Hafta davomida soat 01:00 dan 04:00 gacha POS va E-POS terminallarining protsessing markazi bilan aloqasi vaqtinchalik uzilishi mumkin. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lum qildi, deb Kun.Uz yozmoqda.

Vaqtinchalik uzilishlar profilaktika ishlari olib borilishi bilan izohlangan.

Markaz xabarida keltirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!