Uzcard – xalqaro bank kartalarini qabul qila boshlaydi

Uzcard – xalqaro bank kartalarini qabul qila boshlaydi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Uzcard elektron to‘lovlar tizimi xalqaro to‘lov tizimiga aylanadi. O‘zbekiston Markaziy banki va Xitoyning UnionPay to‘lov tizimi O‘zbekistonda birinchi ko‘p valyutali to‘lov tizimini ishga tushiradi, deb xabar qilmoqda Sputniknews-uz.com.

Yangi to‘lov tizimi, UnionPay kartochkalariga ega bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston hududida oddiy Uzcard terminallari orqali to‘lovlar amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Uzcard tizimiga ulangan terminallar soni 200,8 mingdan oshdi.

Bugun Markaziy bank UnionPay bilan birgalikda yirik loyihani amalga oshirmoqda. UnionPay kartalari Osiyo hududida Visa yoki MasterCarddan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Biz ushbu to‘lov kartalari O‘zbekistonga kelib bu yerda to‘la qonli to‘lov vositasiga aylanishini istaymiz. Misol uchun, ko‘p valyutali to‘lov tizimi chet el fuqarosiga O‘zbekistonda mahsulot sotib olish imkonini beradi. Sotib olish vaqti uning hisobida bo‘lgan chet el valyutasi avtomatik ravishda so‘mga aylanadi.

Ushbu qadam, shubhasiz, O‘zbekiston iqtisodining hudud va jahon iqtisodi integratsiyasi tomon, ya’ni iqtisodiy rivojlanishning keyingi bosqichi tomon qo‘yilgan olg‘a qadamdir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.