UZMOBILE’ga yangi rahbar tayinlandi

UZMOBILE’ga yangi rahbar tayinlandi

Vladimir Kravchenko O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori UZMOBILE bosh direktori etib tayinlandi. U shanba kuni Toshkent shahrida bo‘lib matbuot anjumanida jurnalistlarga tanishtirilgan, deb yozadi Kun.uz.

Vladimir Kravchenko bu lavozimga tayinlangunga qadar kompaniyaning tijorat direktori bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, UZMOBILE – UZTELECOM milliy telekommunikatsiyalar operatorining filiali hisoblanadi. Kompaniya CDMA-450 EV-DO va GSM standartlarida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!