UzMobile GSM 24 000 MBli yirik internet-to‘plamni joriy qildi

UzMobile GSM 24 000 MBli yirik internet-to‘plamni joriy qildi

Bugun UzMobile mobil operatori GSM standartidagi abonentlar uchun 24 000 megabaytni o‘z ichiga oladigan yirik internet-to‘plamni taqdim qildi. Mazkur to‘plam Pre-paid tasnifidagi abonentlarga mo‘ljallangan. Internet to‘plamning narxi 65 dollarni tashkil qiladi, amal qilish muddati – 90 kun. To‘plamni 9999 raqamiga 10381 kombinatsiyasini yuborgan holda yoki USSD-buyruq (*111*2*9*9#) yordamida faollashtirish mumkin.

Ushbu yirik mobil internet to‘plami bilan batafsil operatorning rasmiy saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!