UZMOBILE GSM aloqa operatori yangi tarifni joriy qildi

UZMOBILE GSM aloqa operatori yangi tarifni joriy qildi

2016 yil, 3 oktyabrda UZMOBILE GSM yangi – “Salom Plus” nomli tarifni ishga tushirdi. Mazkur tarif amalda bo‘lgan “Salom” tarifiga qo‘shimcha tarzda joriy etilgan.

Tarifga O‘zbekiston bo‘ylab oylik 500 daqiqa qo‘ng‘iroq va 300 MB mobil trafik kiritilgan. Buning uchun abonentdan oyiga $8 to‘lov olinadi. Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul. Limitdan oshgan qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi uchun $0,02, 1 mb mobil internet uchun esa $0,04 to‘lanadi.

“Salom Plus” tarifi haqidagi batafsil ma’lumot bilan aloqa operatorining rasmiy saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!