UzMobile GSM’dan tungi internet paketlar

UzMobile GSM’dan tungi internet paketlar

23 avgust kuni UzMobile mobil operatori o‘zining feysbuk sahifasida tungi internet xizmatini ishga tushirganini ma’lum qilgan. Xizmat haqida batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin.

Xizmat Pre-paid  tizimidagi abonentlarga mo‘ljallangan va kunlik va oylik tariflarni o‘z ichiga oladi.

1 tunlik cheklanmagan tezlikka ega paketda 5000 Mb trafik bo‘lib, narxi 1,5 dollarni tashkil etadi.

30 tunlik paketda ham bir tungi internet trafigi 5000 Mb etib belgilangan. Narxi 30 dollar.

Tungi paketlardan soat 1:00 dan 7:59 gacha foydalanish mumkin. Bunda abonentning tarif rejasiga kiritilgan trafik sarflanmaydi.

Yana kompaniya saytida yozilishicha, agar abonent tomonidan uzatilgan va qabul qilingan trafik bir sutkada 5000 megabaytdan oshib ketsa, internet tezligi 64 Kbt/soniyagacha pasayadi. Bir vaqtning o‘zida xizmatning faqat bir turini faollashtirish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!