UZMOBILE yirik binolarda aloqa sifatining pasayishiga yechim topdi

UZMOBILE yirik binolarda aloqa sifatining pasayishiga yechim topdi

Endi mobil aloqa Milliy operatori abonentlari yirik maydonga ega binolar ichida ham barqaror sifatli aloqaga (ham ovoz, ham yuqori tezlikdagi axborot uzatish xizmatlari)dan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar!

Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘ziga xos zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda, UZMOBILE yirik binolarda, gavjum savdo markazlarida aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishni boshladi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, operator tomonidan savdo markazlari, ko‘rgazma markazlari, biznes markazlari, ofis binolarida radiouzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari uskunalarini (Lamp Site) o‘rnatilmoqda.

Mazkur innovatsion yechim kichik o‘rnatilgan antennali radiobloklardan tashkil topgan bo‘lib, uning kichik hajmi shift va devorga o‘rnatishga imkon yaratadi. Ularni lampa yoki datchikka o‘rnatish ham mumkin. “Lamp Site” – bu mavjud baza stansiyalariga ulangan kichik baza stansiyasi bo‘lib, qamrov tarmoqlarini bino ichida makro darajali tarmoqlar bilan yuqori sinergiyasini ta’minlaydi. Shu ta’kidlab o‘tish kerakki, rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali tomonidan taqdim etilayotgan “So‘nggi mil” ishonchli yechimi orqali, ichki qamrov yechimi UZMOBILE tomonidan amalga oshiriladi.

“Samarqand Darvoza” savdo ko‘ngilochar majmuasida xuddi shunday uskunalar o‘rnatilib bo‘lindi, endi foydalanuvchilar bu yerda uzluksiz tarmoqda bo‘lish, qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish va UZMOBILE tarmog‘i qamrovida sifatli aloqada bo‘lish imkoniyatiga ega. Agar oldinlari yirik inshootlar ichida aloqa sifatini pasayishi hollari, signal yo‘qolishi yoki internet barqarorligi buzilishi muammolari bo‘lgan bo‘lsa, hozirda cheksiz muloqot uchun mobil aloqa sifati sizni quvontiradi!

Operator abonentlariga maksimal qulayliklar yaratish maqsadida mazkur yechimni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda, omma yeg‘iladigan joylarda joriy etishni rejalashtirgan.

Press-xabarda qayd etilishicha, UZMOBILE – mamlakatizmda axborot va kommunikatsion texnologiyalari sohasini rivojlanishiga e’tibor qaratgan, yangi imkoniyatlar va abonentlari uchun sifatli xizmatlar joriy etuvchi Milliy mobil aloqa operatoridir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.