«Uzmobile» markazga aylantirildi va rahbari o‘zgardi

«Uzmobile» markazga aylantirildi va rahbari o‘zgardi

«O‘zbektelekom» AKning «Uzmobile» filiali markazga aylantirildi, unga rahbar etib Abdug‘ani G‘oibnazarov tayinlandi. Bu haqda Xabar.uz yozmoqda.

«O‘zbektelekom» AKning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan «Uzmobile» endi kompaniyaning filiali emas, markazi hisoblanadi. Ushbu «Uzmobile» mobil tarmog‘ining ekspluatatsiya markazi direktori etib Abdug‘ani G‘oibnazarov tayinlangan.

G‘oibnazarov avval ham «Uzmobile»ni 2015 yilga qadar boshqargan, o‘sha yili uning o‘rniga Shuhrat Qodirov kelgan. 2017 yilda esa «Uzmobile» boshqaruviga Vladimir Kravchenko kelgan. U ayni paytda tizimda qolganmi yo‘qmi, xabar qilinmagan.

«Uzmobile» — «O‘zbektelekom» AK tarkibida «CDMA-450 EV-DO» va «GSM» standartlarida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatib keladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!