UzMobile Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasi hududida Lamp Site texnologiyasini ishga tushirdi

UzMobile Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasi hududida Lamp Site texnologiyasini ishga tushirdi

UzMobile kompaniyasi katta maydonga ega bo‘lgan (savdo markazlari, ko‘rgazma zallari, biznes markazlari, ofis binolari va h.k.) binolarda radiouzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari uskunalari (Lamp Site)ni o‘rnatmoqda. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib Daryo.Uz xabar berdi.

Xususan, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi katta hududida tarmoq qoplashni ta’minlash maqsadida Lamp Site baza stansiyalari uskunalari o‘rnatildi va ishga tushirildi.

«Endi shahar aholisi va poytaxtimiz mehmonlari majmua hududi va katta imorat ichki qismi bo‘ylab barqaror va ishonli aloqa ega bo‘ladilar», — deyiladi xabarda.

UzMobile o‘z abonentlariga maksimal qulayliklar yaratish maqsadida mazkur yechimni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, gavjum joylarda tatbiq etishni rejalashtirgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!