O‘zMU dasturchilari “Eko-monitoring” dasturini ishlab chiqdi

O‘zMU dasturchilari “Eko-monitoring” dasturini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Matematika instituti dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Eko-monitoring” dasturi O‘zbekistonning sanoat hududlarida ishlab chiqarish ob’yektlaridan atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zaharli zarrachalarni tarqalish jarayonining ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Intellektual mulk agentligiga tayanib Uz24.uz xabar qildi.

Dastur yangi qurilayotgan sanoat ob’yektlarini joylashtirishning ekologik maqbul variantlarini tanlash, grafik boshqaruv interfeysiga ega, asosiy parametrlar hamda ob-havo va iqlimiy omillarni kiritish uchun oyna, EHMda sonli hisob-kitob o‘tkazish uchun oyna, o‘tkazilgan hisoblash eksperimentlarini grafik ob’yektlar ko‘rinishida vizuallashtirish uchun oyna kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Dasturiy majmuadan atmosferaning ekologik holati va atrof-muhit muhofazasini monitoring qilish hamda bashoratlash muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning tadqiqotchi va mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Ushbu dastur mualliflari Ravshanov Normaxmad, Sharipov Daler va Axmedov Dilshotga № DGU 03424 raqamli guvohnoma berildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!