Uzoq kutilgan funksiya: Twitter tvitlarni tahrirlash xususiyatini tarqatmoqda

Uzoq kutilgan funksiya: Twitter tvitlarni tahrirlash xususiyatini tarqatmoqda

Twitter ijtimoiy tarmog'i platformadan eng ko'p va eng uzoq kutilgan xususiyat - tvitlarni tahrirlash funksiyasi ustida anchadan beri, yoxud apreldan buyon ishlab kelayotgan edi. Rejalarga ko'ra, ushbu xususiyat sentyabrgacha chiqarilishi kerak bo'lgan, ammo biroz kech bo'lsada kompaniya ushbu xususiyatni tarqatishni boshladi.

Twitter rasman Kanada, Avstraliya va Yangi Zenlandiya uchun tvitlarni tahrirlash funksiyasini tarqatayotganini e'lon qildi. O'tgan hafta kompaniya tahrirlangan tvit qanday bo'lishini misol tariqasida ko'rsatgan edi.

Ma'lum bo'lishicha, tahrirlangan tvitlar oddiylaridan deyarli farq qilmaydi, shunchaki ularning ostida tvit tahrirlanganligini anglatadigan kichik qalam belgisi va tvit oxirgi marta qachon tahrirlanganligi sanasi bo'ladi. Uning ustiga bosish bilan siz tahrirlashdan avvalgi tvitni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Twitter qo'llab-quvvatlash markazining bergan ma'lumotlarga ko'ra, tvit yozilgandan keyin uni tahrirlash uchun 30 daqiqagacha vaqt beriladi. Tvitlarni faqat besh martagacha tahrirlash mumkin. Shuningdek, aytish kerakki, siz faqat yangi qo'ygan tvitingizni tahrirlay olasiz xolos: tvitlarga berilgan javoblar, qayta tvit qilinganlar, yuqoriga qadalgan tvitlar va boshqalarni tahrirlash hozircha imkonsiz.

Tvitlarni tahrirlash hozirda faqat Twitter Blue pullik obunasiga egalari uchun.

O'QING: Videolarni yuqori sifatda ko‘rish uchun YouTube'ga pul to‘lashga tayyor turing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!