«Uzpaynet» MChJ tugatiladi

  •   DiMaX
  •  2823
  •  06.05.2018 18:08

«Uzpaynet» MChJ tugatiladi

Xalq banki va «Mikrokreditbank»ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanaliga asoslanib Xabar nashri yozmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushiriladi

Qaror bilan Xalq banki va «Mikrokreditbank»ni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilari belgilab berildi, deyiladi xabarda.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berishda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi.

Qarorga muvofiq, «Uzpaynet» MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi.

O‘QING: Ucell aksiyasi: hisobni QIWI orqali to‘ldirib, 100 foizlik bonus oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!