Uzsoft.uz – O‘zbekistondagi ilk litsenziyali antiviruslar onlayn do‘koni

  •   DiMaX
  •  2567
  •  22.01.2018 15:33

Uzsoft.uz – O‘zbekistondagi ilk litsenziyali antiviruslar onlayn do‘koni

O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti sari jadal qadam tashlab borar ekan, bunda har bir fuqaroning va yuridik shaxsning huquqlari ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, mualliflik huquqi, intellektual mulk huquqiga ham rioya etilishi rivojlangan jamiyatning asosiy belgilaridandir.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bu ayniqsa muhimdir. Zero, litsenziyalangan, patentlangan, mualliflik huquqi bilan himoyalangan mahsulotlar – turli qurilmalar, texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarning ruxsatsiz ko‘chirilishi, nusxa olinishi va foydalanilishi holatlari ko‘p uchraydi.

Aksariyat hollarda oddiy foydalanuvchi biror dasturdan foydalana boshlaganida, uning litsenziya bitimini o‘qib o‘tirmaydi. Shuningdek, pulli dasturlardan foydalanish qoidalarini imkon qadar «aylanib o‘tish»ga, xakerlar tomonidan buzib yoki cheklovini olib tashlab tarqatilgan versiyasini topib ishlatishga harakat qiladi. Biroq bu bilan nafaqat o‘sha dasturning ishlab chiquvchisi, patent egasining huquqlarini poymol etayotganini, balki hatto o‘z xavfsizligini ham xatarga qo‘yayotganini bilmaydi.

Aksariyat hollarda pulli dasturlarning «buzilgan» – xak qilingan talqinlarida ziyonkor kod yashirilgan bo‘ladi. Undan foydalanayotgan yuzer esa, kompyuteriga virus tushib qolishi, tizimning biror qismi ishdan chiqishi sababi ayni shu ilovada ekanini xayoliga ham keltirmaydi.

Litsenziyali dasturlarning qonuniy yo‘l bilan xarid qilingan talqinlaridan foydalanuvchilar esa bu kabi xavf tahdid solmaydi. Shuningdek, foydalanuvchiga dastur bo‘yicha uning ishlab chiquvchisi tomonidan muntazam tarzda yangilanishlar taqdi etib borilishi, qo‘llab-quvvatlash markazining xizmatlari taqdim etilishi ham ahamiyatga molik.

Keyingi paytlarda O‘zbekistonda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jiddiy o‘sish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, mazkur bozor iste’molchilari orasida legal dasturlardan foydalanish tendensiyasi kuchaymoqda. AKT servis va xizmatlarini taqdim etuvchilar safi ham kengayib, ulardan foydalanish qulaylashmoqda.

O‘zbekistonda shu kabi legal dasturiy ta’minot mahsulotlarini taklif etuvchilar haqida ma’lumot izlayotib, Uzsoft.uz saytiga duch keldik. Mazkur resurs litsenziyali dasturlar taklif etiladigan O‘zbekistondagi birinchi onlayn do‘kon bo‘lib, qulayliklari ham juda ko‘p. Jumladan, ushbu marketda mahsulotni tanlab, kerakli ma’lumotlarni kiritib, to‘lovini amalga oshirishingiz bilanoq sizga litsenziyani taqdim etishadi. Buning uchun biror joyga borish yoki kutishning ham keragi yo‘q. Dasturiy ta’minotning o‘zi ham TAS-IX hududida joylashganligi uni ko‘chirib olishda qulaylik tug‘diradi.

Uzsoft.uz onlayn do‘koni nisbatan yangi bo‘lib, ayni damda unda foydalanuvchilar uchun to‘rtta brendning turli mahsulotlari taqdim etilmoqda. Bulardan biri – kompyuterlar uchun dasturiy ta’minot olamining gigantlaridan sanalmish Microsoft korporatsiyasidir. Uzsoft.uz saytida uning Windows operatsion tizimi hamda Office dasturlar to‘plamining turli talqinlari uchun litsenziyalar taklif etilmoqda.

Shuningdek, Uzsoft.uz sayti axborot xavfsizligi borasidagi dunyo bo‘yicha yirik kompaniyalar – Eset, Dr.Web hamda Kasperskiy mahsulotlari litsenziyalarini ham taklif etadi. Ya’ni, Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi kompyuterlar hamda Android operatsion tizimli mobil qurilmalar uchun xavfsizlikni ta’minlovchi turli dasturiy ta’minot mahsulotlarini onlayn xarid qilish mumkin.

Mazkur resursdagi mahsulotlardan har birining sahifasida dastur tavsifi berilgan va uning asosiy funksiyalari ko‘rsatilgan. Uni xarid qilish uchun esa «Savatchaga» («V korzinu») tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Kerakli dasturlarni terib olgach, o‘z savatchangizni ko‘rib, «Buyurtmani rasmiylashtirish» («Oformit zakaz») tugmachasini bosasiz. Buyurtmani rasmiylashtirish sahifasiga o‘tgach, kerakli ma’lumotlarni kiritib, to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Litsenziyali dasturlarning Uzsoft.uz onlayn do‘konida to‘lovni amalga oshirish uchun Click, Payme hamda Upay onlayn to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoni mavjud. Yana qulay tomoni – to‘lovni amalga oshirgan zahoti litsenzion kalitni darhol olasiz va sizga o‘rnatish dasturini ko‘chirib olish havolasi (TAS-IX tarmog‘idan) ham beriladi. Ushbu servisning afzalligi shundan iboratki, kerakli antivirus dasturini tez muddatda, uyingizdan chiqmagan holda xarid qilib, o‘rnatib olib ishlatish imkoniyati bor.

Darvoqe, Uzsoft.uz saytida oddiy foydalanuvchilar – jismoniy shaxslar uchun dasturiy ta’minot mahsulotlarini taklif etilsa, yuridik shaxslar – kompaniya va tashkilotlar uchun bu xizmatlar bws.uz sayti orqali taqdim etiladi. Unda yuqoridagi litsenziyalangan antiviruslar, dasturlardan tashqari, DLP tizimlari, mahalliy (lokal) tarmoqlarni himoyalovchi Kerio dasturi hamda SSL sertifikatlarini yetkazib berish xizmatlari ham amalga oshiriladi.

Marhamat, siz ham legal dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanish uchun Uzsoft.Uz sayti xizmatlariga murojaat etishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!