UzTelecom’dan VPN. Ammo u ham Facebook’ni ochishga yaramaydi!

UzTelecom’dan VPN. Ammo u ham Facebook’ni ochishga yaramaydi!

“O‘zbektelekom” AK Uzmobile obonentlari uchun GSM "VPN-paket" tariflarini taqdim etmoqda. Xabarni o‘qib hayron bo‘lgan yoki xursand bo‘layotgan maushtariylarimizga ma’lum qilamizki, bu VPN Facebook ochishga mo‘ljallanmagan! Ya’ni VPN orqali hozirda kirishni imkoni bo‘lmayotgan ba’zi ijtimoiy tarmoqlar, hususan, YouTube va Facebook uchun aloqasi yo‘q!

Ayni vaqtda Facebook va YouTube’ning “taqdiri” noma’lum! 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, internet tezligini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan anjumanda Facebook va YouTube’ning ishlashi haqida na "O‘zbektelekom" mas’ullari, na Vazirlik vaqillari aniq javob bera olmagan edi.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN va Proxy’dan foydalanganlik uchun jazo belgilandimi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!