Vaporcade Jupiter chilim-smartfoni

Vaporcade Jupiter chilim-smartfoni

Elektron sigaretalar ishlab chiqaruvchi Vaporcade kompaniyasi yangi antiqa smartfon Jupiter haqida ma’lum qildi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu loyiha ilk elektron sigaretalar muallifi Gerbert A. Gilbert bilan hamkorlikning mahsuli.

Chilim va smartfon gibridi bo‘lgan mazkur qurilmaning o‘ziga xosligi va mosligi ham shundaki, smartfonda elektron sigareta ham mavjud va u microUSB orqali bog‘lanadi.

Juptier smartfoni Android 4.4 KitKat asosida ishlaydi va unda sigareta hidini boshqaruvchi Vaporcade o‘rnatma ilovasi bor.

Hozircha chekiladigan smartfon haqida to‘liq ma’lumotlar yo‘q. Vaporcade saytida yozilishicha, smartfon 5,3-dyuym displey ega bo‘ladi va LTE tarmog‘ini qo‘llay oladi.

Vaporcade Jupiter ikki modifikatsiyada bo‘lib, yashil xoshiyali, 3G ni qo‘llay oladigani $299, havorang xoshiyali (LTEni qo‘llay oladi) varianti esa $499 narxida bo‘ladi.

Chilim-smartfon loyihasiga hozircha AQShning Aloqa bo‘yicha federal komissiyasi sertifikat bermadi. Mutaxassislar bu qurilmani “ikki ohanraboning uyg‘unlashuvi” deb atamoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.