Vaqtida saqlanmagan Word faylini qanday qilib qayta tiklash mumkin?

Vaqtida saqlanmagan Word faylini qanday qilib qayta tiklash mumkin?

Ko‘pchilik kompyuter va noutbuk foydalanuvchilariga yaxshi ma’lumki, Microsoft Word matn tahriri dasturi hujjat ustida ish ketayotgan paytda ham uni saqlab turadi. Shu bois biror sababga ko‘ra vaqtida saqlanmagan faylni qayta tiklash imkoni bor. Bu haqda «JustCoolIdea.ru» sayti hikoya qiladi.

Fayl saqlanmay turib dastur yopilgan yoki kompyuter o‘chgan bo‘lsa, saqlashdan oldin kiritilgan ma’lumotlarni tiklash uchun uncha qiyin bo‘lmagan bir qancha amallarni bajarish kerak. Ma’lumotlar kompyuter ichida saqlangani tayin, ularning joylashuv yerini topish kifoya.

2-68-680x386

Asosiy oynada (Word’ning eski versiyalarida — «Fayl» menyusi) «Svedeniya» («Ma’lumotlar») bandini toping. U yerda «Upravleniye dokumentom» («Hujjatni boshqarish») punkti bor. Ushbu punkt «Vosstanovit nesoxranenniye dokumenti» («Saqlanmagan hujjatlarni tiklash») funksiyasini taklif etadi.

Bu o‘rinda bir qancha fayllar orasidan keragini tanlash talab etiladi.

3-54-680x532

Fayl qay darajada to‘liq saqlangani esa sozlamalarga bog‘liq. To‘liq saqlanishi uchun «Oxirgi avtomatik saqlangan versiyani saqlashsiz yopish paytida qo‘shimcha tarzda saqlab qo‘yish» funksiyasi yoqilgan bo‘lishi lozim.

4-46-680x400

Bundan tashqari, avtomatik saqlash orasidagi tanaffusni 2–3 daqiqada oshirmaslik kerak. Bu sizga istalgan vaqtda istalgan faylni qayta tiklash imkonini beradi.

Manba: Daryo.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!