Vaqtincha bepul tarqatilayotgan GTA V o‘yinini o‘ta realistik versiyada chiqarishdi! (video va havola)

  •   DiMaX
  •  9791
  •  18.05.2020 13:58

Vaqtincha bepul tarqatilayotgan GTA V o‘yinini o‘ta realistik versiyada chiqarishdi! (video va havola)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun turli o‘yin studiyalari o‘z mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Epic Games do‘koni eng qiziqarli ekshen o‘yinlardan biri – Grand Theft Auto 5’ni tekinga tarqatyapti!

O‘QING: Google Play’dan naq 16 ta o‘yinni bepul olishga ulguring! (tayyor havolalar)

Ta’kidlash kerakki, GTA V yaratilganidan buyon salkam yetti yil o‘tgan va o‘shandan beri u aytarli o‘zgarmagan. Kompyuter grafikasi imkoniyatlari esa bu davrda ancha ilgarilab ketgan; shu boisdan original Grand Theft Auto 5 hozirgi nuqtai nazardan eskirgan grafikaga ega.

Shuni inobatga olib, Razed nikli dasturchi ushbu ommabop o‘yinning NaturalVision Evolved nomli mod (o‘zgartirilgan) versiyasini yaratdi. Realistik grafikaga ega bo‘lgani uchun, u originalidagi singari multfilmga emas, balki endi yuqori byudjetli sifatli filmga o‘xshab chiqqan:

Ushbu mod tufayli GTA 5 o‘yinida yangi teksturalar paydo bo‘lgan: ular mayda detallargacha aniq ko‘rishni, ob’yektlarning chuqurligi va umumiy realligini ta’minlaydi. Bulardan tashqari, NaturalVision Evolved real vaqt rejimida yaratiluvchi effektlar – soyalar, akslar, yoritilish darajasi va boshqalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Hozirgi holati ham chakki bo‘lmasa-da, Razed ta’kidlashicha, NaturalVision Evolved hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, takomillashtirib boriladi. Shuningdek, u yuqoridagi treylerda modning barcha imkoniyatlari ko‘rsatilmaganligini, o‘yinning o‘zida grafika yanada zo‘r ekanligini aytgan.

NaturalVision Evolved versiyasidagi GTA 5 o‘yinini sinab ko‘rish uchun mana bu havola orqali Patreon resursidagi Razed sahifasiga (pulli) obuna bo‘lish kerak.

O‘QING: Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!