Vazirlik bayram kunlari barqaror aloqani ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Vazirlik bayram kunlari barqaror aloqani ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatdagi aloqa operatorlariga Yangi yil bayramida uzluksiz aloqani ta’minlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berdi. Bu haqda vazirlik saytida keltirilgan.

Mutaxassislar bildirishiga ko‘ra, yangi yil kechasi mobil aloqa tarmoqlarida qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar soni keskin ortadi. Millionlab abonentlar yaqinlarini bayram bilan tabriklashadi. Aloqa operatorlariga bayramoldi kunlari va bayramda kunu tun navbatchilikni tashkil etish hamda zaruriy texnik chora-tadbirlarni ko‘rish topshirildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!