Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?

  •   Saroy
  •  3288
  •  12.05.2018 18:45

Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?

Ko‘p hollarda ish beruvchilar dasturchilar dizaynni ham yarata oladi, deb o‘ylashadi. Biroq har ishni o‘zining ustasi qilgani ma’qul. Veb-dizayner bilan veb-dasturchilar o‘rtasida farq bormi? Albatta, bor. Keling bu savolga oydinlik kiritamiz.

Vyeb-dizayner nima qiladi

Maket yaratadi, interfeysni quradi va mijozning veb-sayt bilan o‘zaro hamkorligini o‘ylab topadi — g‘oyani va tarixni chiroyli vizual dizaynga aylantiradi. Xuddi me’mor uyning rejasini tuzgandek, veb-dizayner ham sayt maketini yaratadi va hayotga tatbiq etadi.

O‘QING: Eng baquvvat – o‘yinlar, dasturlash va veb-dizaynga mos noutbuklar narxlari (2018 yil 15 yanvar)

Vyeb-dasturchining o‘rni qanday?

Veb-dasturchi veb-dizaynerning g‘oyasini maketga aylantirib ish mahsulotiga aylantiradi. Uning vazifasi — kelgusi resursning mijoz (frontend) yoki server qismini (bekend) yaratadi. Yana full-stack dasturchisi ham bor — ular to‘liq ish ilovasini, ya’ni bekend’ni ham, frontend’ni ham yaratadi.

Veb-dasturchi sayt dizaynini yarata oladimi?

Yaratadi, Lekin unga ishonish kerak emas. Dizayn bilan o‘zining mutaxassisi shug‘ullangani yaxshi.  

Frontend-dasturchi kim?

Frontend-dasturchi dizayner tayyorlagan maket orqali saytning tashqi ko‘rinishini ishlab chiqadi, ishchi interfeys yaratadi. Odatta, foydalanish uchun HTML tili qo‘llaniladi, CSS, JavaScript va turli freymvorklari bilan.

O‘QING: Frontend texnologiyalari: dasturlash olamiga ilk qadamlar!

Bekend-dasturchi kim?

Bekend-dasturchi resursning server qismi bilan shug‘ullanadi.  Bekend bilan shug‘ullangan kishi server mantig‘ini yaratadi, ya’ni qanday qilib ishlashini tushunishi kerak. Ko‘pchillik veb-ilovalar ma’lumotlar bazasini ishlatadi. Shu bois bekend-dasturchi  ommabop SUBD bilan ishlashni bilish kerak.

Full-stack dasturchi?

Full-stack dasturchi veb-dasturchining barcha bilimi va tajribasini egallagan bo‘lishi kerak, ya’ni frontend yo‘nalishida ham, bekend yo‘nalishida ham birday ishlay olishi kerak. Hozirda  full-stack dasturchilari sahifalovchi, mijoz va resursning server qismi, shuningdek ma’lumotlar bazasi va turli freymvorklar bilan ishlay.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.