Vernee Apollo birinchi VR-flagmanga aylandi

Vernee Apollo birinchi VR-flagmanga aylandi

Xitoyning Vernee kompaniyasi joriy yilning boshida o‘zining Apollo nomli birinchi flagman smartfonini taqdim qilgan edi. U ayni vaqtdagi ilg‘or texnik ko‘rsatkichlar, jumladan, tegish kuchiga javob qaytaradigan QHD-ekran, barmoq izi skaneri,  USB Type-C va eng kuchli Mediatek protsessorilarining biri bilan jihozlandi.

4PDA saytining yozishicha, avvalida Vernee Apollo smartfoniga o‘n yadroli Helio X20 chipseti o‘rnatilgan edi. Biroq bir muddat o‘tgandan keyin ishlab chiqaruvchi smartfonni yanada baquvvat, takt chastotasi 2,5 GGs bo‘lgan Helio X25 protsessori bilan tayyorlashga qaror qiladi. Shu yo‘sinda Quad HD ekran va chaqqon protsessor Vernee Apollo modelini birinchi virtual reallik smartfoniga aylantiradi. Qurilmaning qadog‘ini esa 360 gradusli video va maxsus ilovalarni ko‘rish uchun qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Vernee Apollo hozirda Rossiya bozorida taxminan 300 dollar atrofida taklif qilinmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!