Vertu qaytmoqda: yangi smartfon taqdimoti e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  874
  •  16.10.2018 11:33

Vertu qaytmoqda: yangi smartfon taqdimoti e’lon qilindi

Lyuks telefonlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan  Vertu kompaniyasi smartfonlar bozoriga qaytayotganini rasman e’lon qildi. Yangi qurilmaning taqdimot marosimi 17 oktyabrda Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Hozircha smartfon haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q, faqat Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda taqdimot sanasiga  taklifnoma paydo bo‘lgan.

Avval boshda Vertu Nokia’ning bir bo‘limi sifatida faoliyat yuritardi va narx bo‘yicha eng qimmat qurilmalar toifasiga kirardi. Har bir telefon qimmatbaho materiallar bilan qo‘lda yasalgan.  2012 yilda Vertu’ni shved investitsiya kompaniyasi xarid qildi, 2017 yil bahorda esa, ushbu brendni turkiyalik biznesmen Murat Xakon  Uzan sotib oldi. Ikki oydan keyin esa kompaniya o‘zini bankrot deb e’lon qildi.

O‘QING:Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi

Murat Xakan Uzan Vertu brendiga bo‘lgan huquqini saqlab qolgan. Shu bois u kompaniyani qayta tiklashga va’da bergandi. Chamasi, vaqt kelganga o‘xshaydi.

Vertu telefoni juda qimmat edi, lekin bu, qurilmaning qadriyat darajasiga ko‘tarilishiga halaqit bermadi.

O‘QING:Vertu lyuks-telefonlarning yangi avlodini namoyish qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.