Vertu o‘zining eng kuchli smartfonini namoyish etdi

Vertu o‘zining eng kuchli smartfonini namoyish etdi

Vertu kompaniyasi o‘zining Signature Touch — Carbon Sport lyuks modellar qatoridagi yangi smartfonini taqdim qildi. Bu borada hi-tech.mail.ru nashri xabar bermoqda. Model hozirgi standartlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmasa-da, ammo kompaniyaning barcha modellari orasida eng kuchli smartfon hisoblanadi.

Signature Touch — Carbon Sport telefonining orqa tomoni sabzirangli buzoq terisidan ishlangan. Yon ramkalar titandan yasalgan bo‘lib, ovoz dinamiki keramikali panel bilan o‘ralgan.

Без названия (1)

Displey esa to‘liq sapfirdan qilingan 130 karatli panel bilan himoyalanadi. Yangi Vertu yuqori texnik parametrlarga ega emas, uni 2015 yilning ba’zi flagmanlari bilan solishtirish mumkin.

Texnik parametrlari:

  • Ekran: diagonal 5,2 dyuym, FHD (1920×1080 piksel) aniqligida;
  • Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 810, 64 Bit;
  • Tezkor xotira: 4 GB;
  • Doimiy xotira: 64 GB, qo‘shimcha 64 gigabaytgacha bo‘lgan uSD formatidagi karta o‘rnatish mumkin;
  • Kamera: Asosiy – 21 MP (keng burchakli) old kamera – 2,1 MP;
  • Akkumulyator: 3160 mA/st;
  • OT: Android 5.1 Lollipop.

tdezhtrf

Yangi Signature Touch — Carbon Sport modelining narxi  14,900 AQSh dollar etib belgilangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!