Vibe P1: “Malika”dagi eng qimmat Lenovo’ga batafsil nazar  

Vibe P1: “Malika”dagi eng qimmat Lenovo’ga batafsil nazar  

Lenovo Vibe P1 smartfoni 2015 yilning oktyabr oyida Xitoyning multinatsional texnologiya kompaniyasi bo‘lmish Lenovo tomonidan taqdim qilingan.

Smartfonning korpusi plastik va metall xomayoshsidan ishlangan. Smartfon o‘lchamlari: 152.9 x 75.6 x 9.9 mm bo‘lib, u 187 gramm tosh bosadi.

Gadjet Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Vibe P1 aloqaning GSM, WCDMA, LTE kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. U 1.5 GGs chastotada ishlaydigan, 64 bit va 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori bilan ta’minlangan. Shuningdek, unga Adreno 405 qo‘shimcha videoprotsessor ham o‘rnatilgan.

Lenovo

Qurilmaning tezkor xotirasining sig‘imi 2 GB. Shuningdek, unda ma’lumotlarni saqlash uchun 32 GB sig‘imiga ega doimiy xotira mavjud. Qo‘shimcha microSD xotira bo‘lmachasiga esa 160 GBgacha ma’lumot sig‘imiga ega qo‘shimcha xotira fleshkasini o‘rnatsa bo‘ladi.

Mobil qurilma interfeysida Wi-Fi, Bluetooth 4.0 LE, quvvatlash va ma’lumot almashish uchun microUSB porti, audio quloqchin uchun 3.5 mm port mavjud.

Lenovo Vibe P1 ekrani IPS texnologiyasida ishlab chiqarilgan, uning diagonali 5.5 dyuym bo‘lib, 1920×1080 piksel sig‘imiga ega, ya’ni Full HD dislpey.

Lenovo

Gadjetning bosh kamerasi 13 Mp. Shuningdek, old kameraning piksel sig‘imi 5 Mp. Uning kamera imkoniyati “o‘rtacha” deb baholangan.

Keng manzarani suratga olishda qurilmaning imkoniyati yuqori ekan. Uning olgan suratlarini Sony Xperia Z5, Samsung Galaxy S6’da olingan suratlar bilan qiyoslash mumkin. Old kamerada avtofokus yo‘q. Kunduz kuni olingan suratlar aniq-tiniq bo‘lsa ham, tungi suratlarda xiralik ko‘zga tashlanadi.

Mobil apparatda GPS hamda Glonass navigatsiya tizimlari o‘rnatilgan. Shu bilan birga, unda akselerometr, yorug‘lik datchigi, masofa-oraliq sensorlari mavjud.

Lenovo

Lenovo Vibe P1 smartfonining eng ahamiyatli jihati 5000 mA soat elektr sig‘imiga ega akkumulyatoridir.

Akkumulyatorni to‘la quvvatlab 16 soat Full HD formatidagi video ko‘rish mumkin. Xuddi shu quvvat bilan qurilmadan internetda matn o‘qish, ma’lumot qidirish uchun 9.5 soat foydalanish mumkin. Misol uchun, iPhone 6s Plus akkumulyatori bu ishga 6 soat dosh berishi mumkin.

O‘ziga xos jihatlari:

Akkumulyatorning katta sig‘imi;

5.5 dyuymli ixcham ekran;

Metall korpus;

2 SIM-karta ketishi;

Barmoq izlari skaneri;

Narx-navosi.

Kamchiligi:

Barmoq izlari skanerining bir oz sekin ishlashi;

Kameraning “o‘rtacha” darajali ekani.

Lenovo

2016 yilning 20 aprel holatiga ko‘ra, “Malika” savdo markazida Lenovo Vibe P1 telefoni 2,280,000 so‘mdan sotilmoqda.

Smartfonning Amazon internet do‘konidagi  narxi esa yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikda $358.99 dollar.

Lenovo Vibe P1 mobil aloqa qurilmasida olingan suratlar:

Lenovo

Lenovo

Lenovo

Lenovo

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.