VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  3015
  •  24.04.2018 17:53

VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

Mish-mishlarga qaraganda, Samsung kompaniyasi buklama smartfon tayyorlash ishlariga ancha oldin – 2013 yiliyoq kirishgan. Hatto uning prototipi allaqachon tayyor bo‘lgan, degan ma’lumotlar ham bor.

O‘QING: Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

Janubiy koreyalik texnogigantning o‘zi bu haqda rasman ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, ommaviy axborot vositalari uning buklama smartfoni uchun Samsung Galaxy X deya nom berib ham ulgurishgan. Tinib-tinchimagan dizaynerlar esa uning tashqi ko‘rinishini aks ettiruvchi konsept video ham tayyorlab, internetga joylashdi.

Manbalarga ko‘ra, Galaxy X smartfonining asosiy ekrani 6.4 dyuymlik Super AMOLED-displey bo‘ladi. Qo‘shimchasiga unda yana ikkita «ichki» ekran bo‘lib, ularning o‘lchami diagonaliga 6.5 dyuymga teng. Maxsus dasturiy ta’minot sharofati bilan ularning barchasi yaxlit tarzda ishlay oladi.

Yoyilgan holatida Samsung Galaxy X modeli sensor klaviaturali noutbukka aylanadi. Shu holida unda, masalan, ofis hujjatlari bilan ishlash qulay bo‘ladi. Dizaynerlarning fikricha, mazkur devays 360 darajada buklana oladi, bu bilan uni oddiy smartfon shaklida qo‘llash ham oson bo‘ladi.

Mana, yaxshisi, smartfonning konsept videosini birga tomosha qilamiz:

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy X smartfonining rasmiy taqdimoti joriy yilning dekabr oyida yoki 2019 yilning ilk choragida bo‘lib o‘tadi. Uning narxi va boshqa xususiyatlari haqida rasmiy ma’lumot hozircha yo‘q.

O‘QING: Qualcomm Galaxy X'ning taqdiriga oydinlik kiritdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.