Visa barmoq izi skanerli to‘lov kartalarini chiqaradi

  •   DiMaX
  •  1278
  •  18.01.2018 11:12

Visa barmoq izi skanerli to‘lov kartalarini chiqaradi

Taraqqiyot asrida yangi texnologiyalar turmushning turli sohalariga dadil kirib kelmoqda. Jumladan, barmoq izi skaneri hozirda asosan mobil qurilmalarda foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashga xizmat qilib kelayotgan bo‘lsa, endi uning qo‘llanish doirasi yanada kengaymoqda. Visa Inc. kompaniyasi shunaqa skanerga ega to‘lov kartalarini sinovdan o‘tkazmoqda. So‘rovnoma orqali aniqlanishicha, mijozlar kartani ishlatishda shaxsni tasdiqlashning ayni shu usulini ko‘proq ma’qul ko‘rishmoqda. Bu xususda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilgan.

O‘QING: Xalqaro valyuta operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi «GlobUzCard» tizimi yaratilmoqda

U qanday ishlaydi?

Sohibining barmoq izi kartaning o‘zida saqlanadi, uning daktiloskopik datchigi esa, kartani POS-terminalga solganda faollashadi. Shundan keyin karta egasi xohlasa odatdagi usul – PIN-kod yoki chekni imzolashdan foydalanadi, istasa – skaner «o‘qishi» uchun unga barmog‘ini qo‘yadi.

So‘ngra chip bu barmoq izini kartada saqlangani bilan taqqoslaydi. Agarda ular o‘zaro mos kelsa, karta yashil rangda «yonib-o‘chadi». Bo‘ldi – tranzaksiyani amalga oshirishga ruxsat etildi.

Zarurat bo‘lsa, chip terminalning o‘zidanoq quvvat oladi – uning uchun yangilanishlar olishning keragi yo‘q.

O‘QING: AliExpress va boshqa onlayn do‘konlardan xarid uchun zo‘r imkoniyat!

Qachon ekan?

Visa Inc. kompaniyasi vakili Mark Nelsenning so‘zlariga ko‘ra, barmoq izi orqali tranzaksiyalarga ruxsat etilishi juda tez amalga oshadi. «Mening o‘zimni tizim bir soniyaga ham yetmasdan tanidi», – deydi u.

Hozircha yangi turdagi – daktiloskopik skanerga ega to‘lov kartalarini hozircha ikkita kredit tashkiloti – Mountain America Credit Union hamda Bank of Cyprus mijozlari testdan o‘tkazishmoqda. Ularning sinovdan qanday o‘tishi va ommaviy foydalanishga joriy etilishi hozircha noma’lum.

Aytish kerakki, Visa’ning asosiy raqobatchisi – MasterCard kompaniyasi shunga o‘xshash tizimni o‘tgan yilning aprelidan buyon tekshirib ko‘rmoqda.

O‘QING: MasterCard o‘z tarmog‘iga sun’iy intellektni tatbiq etadi