Vivo dunyodagi eng innovatsion smartfonning yangilangan versiyasini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1239
  •  18.05.2018 15:55

Vivo dunyodagi eng innovatsion smartfonning yangilangan versiyasini tayyorlamoqda

Joriy yilning fevralida Vivo kompaniyasi o‘zining Apex rusumli smartfonini taqdim etgan edi. MWC 2018 ko‘rgazmasida ayni shu model ko‘plab tashrif buyuruvchilarning e’tiborini tortgandi.

O‘QING: Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Garchi Apex modeli hali bozorga chiqarilmagan va uning ustida ishlanmalar davom etayotgan bo‘lsa-da, Vivo bu smartfonning yangilangan ikkinchi talqinini tayyorlamoqda. Slashleaks resursi allaqachon uning insayderlardan olingan suratini e’lon qilgan.

Original Apex modelidagi kabi, uning ham selfi-kamerasi korpusning yuqori qirrasi ichkarisidan surilib chiqadi. Ekrani esa romsiz dizaynga ega, ya’ni korpus old panelining 90 foizdan oshiqroq qismini displey egallagan. Korpusning burchaklari esa ilk modeldagidan ko‘ra ko‘proq dumaloqlangan. Aftidan, qurilmaning texnik ta’minoti ham yanada kuchaytirilgan bo‘lsa kerak.

Vivo ushbu smartfonini qachon rasman namoyish etishi hozircha noma’lum. Shuningdek, bu model bozorga chiqariladimi yoki Apex kabi prototip darajasida qolib ketadimi – bunisi ham aniq emas. Biroq «Osmon osti saltanati»ning boshqa bir vakili «mutlaqo romsiz», shu bilan birga rekord xotirali smartfonini tez orada rasman taqdim etishini bilamiz.

O‘QING: 1 terabayt nima bo‘pti!? Lenovo Z5 – naq 4 terabayt xotirali ilk smartfon!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!