Vivo V5 va Vivo V5 Plus 20 MPli selfikamera bilan jihozlanadi

Vivo V5 va Vivo V5 Plus 20 MPli selfikamera bilan jihozlanadi

GSM Arena resursining ma’lum qilishicha, taqdim etilishi kutilayotgan  Vivo V5 va Vivo V5 Plus smartfonlariga yuqori aniqlikdagi selfikamera o‘rnatiladi. Modellardagi selfikameraning aniqligi 20 MPni tashkil qilishi kutilmoqda.

Bunday qurilmalar, birinchi navbatda, selfi ishqibozlarini qiziqtirishi turgan gap.

Vivo V5 va Vivo V5 Plus Android 7.0 dasturida ishlaydi. Vivo V5 modeli 5,5 dyuymli HD ekran, sakkiz yadroli Snapdragon 652 protsessori, LTE modul, 4 GB operativ va 32 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Modelga 13 MPli asosiy kamera o‘rnatilib, u sig‘imi 3000 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.

gsmarena_003

Hozircha Vivo V5 Plus’ga tegishli texnik parametrlarga aniqlik kiritilmagan. Biroq trendga ko‘ra u yanada yirikroq ekranga ega bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, ekranning aniqlik formati ham yuqori bo‘lishi istisno qilinmayapti.

Modellarning taqdimoti tez kunda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.