Vivo X23: taqdimotning rasmiy anonsi va «jonli» suratlar!

  •   DiMaX
  •  1838
  •  28.08.2018 17:27

Vivo X23: taqdimotning rasmiy anonsi va «jonli» suratlar!

Barmoq izi skaneri bevosita ekranga o‘rnatilgan ilk smartfonni taqdim etgan kompaniya shunday xususiyatli yana bitta – Vivo X23 modelini ham tayyorlagani haqida xabar berganmiz. Bugun ishlab chiqaruvchi uning rasmiy namoyish sanasini ham e’lon qildi.

O‘QING: Vivo X23: navbatdagi mo‘’jizaviy flagman rasmiy «jonli» video va suratda

Vivo X23 modeli romsiz ekranining tepasida «tomchisimon» o‘yiqqa hamda juft modulli bosh kameraga ega ekanligi bilan ham ahamiyatli. Kompaniyaning rasman ma’lum qilishicha, uni 6 sentyabr kuni Pekinda, mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da boshlanadigan maxsus tadbirda taqdim etishadi.

Shu bilan birga, bugun mazkur smartfonning «jonli» rasmlari ham internetga chiqib ketgan. Ulardan anglashiladiki, Vivo X23 noodatiy to‘q moviy rangli shisha korpusga ega.

Ekranidagi ma’lumotlarga qaraganda, mazkur flagman sakkiz yadroli Snapdragon 670 protsessori bazasida, Funtouch OS grafik qobig‘idagi  Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘QING: Sensorli ekranga ega Vivo X23 flagmani taqdimotdan avval rasman namoyish etildi – unga hoziroq buyurtma berish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!