vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

X60 Pro+ qurilmasi vivo taqdim qilayotgan eng yuqori darajadagi smartfon hisoblanadi. Smartfon Zeiss brendli to‘rtta kamera, yuqori toifa protsessori, chiroyli AMOLED displey va charmsifat qoplamali korpusga ega.

O‘QING: vivo X60 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Kamera X60 Pro+ ning eng kuchli jihati hisoblanadi. To‘rtala kameraning har biri biror muhim xususiyatga ega.

2021 yilgi flagmanlar an’anasiga sodiq qolgan holda, X60 Pro+ Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan. Qo‘sh-qayrilma AMOLED displeyni esa Samsung ta’minlab bergan.

vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.6x73.4x9.1 mm, 191 g; old panel shishadan, orqa panel eko-charmdan, rom alyuminiydan ishlangan.

> Displey: 6.56" Super AMOLED, 120Hz, HDR10+, 1300 nit (maks.), 1080x2376p rezolyutsiya, 19.8:9 forma faktori, 398ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680; Adreno 660.

> Xotira: 128GB 8GB RAM, 256GB 12GB RAM; UFS 3.1

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, Funtouch 11.1 (Global), OriginOS 1.0 (Xitoy versiya).

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 50 MP, f/1.6, 1/1.31", 1.2µm, qo‘sh-piksel PDAF, lazerli AF, OIS; •Ultrakeng burchakli: 48 MP, 114˚, 1/2.0", 0.8µm, kardanali barqarorlashtirish; •Telefoto: 32 MP, f/2.1, 50 mm, 1/2.8", 0.8µm, PDAF, 2x optik zum; •Telefoto: 8 MP, f/3.4, 125 mm, 1/4.0", PDAF, OIS, 5x optik zum.

> Old kamera: 32 MP, f/2.5, 26 mm (keng), 1/2.8", 0.8µm.

> Video yozuv:Orqa kamera: 8K@30 kadr/sek., 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek., giro-EIS, HDR10+; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC.

Qadoq tarkibi
X60 Pro+ qurilmasi X60 Pro modeli bilan ayni bir xil, premium ko‘rinishli, to‘q qora qadoqda sotiladi.

Qadoq ichidan 55 Vt lik quvvatlagich, USB-A ga USB-C kabeli, 3.5 mm quloqchin, USB-C ga 3.5 mm lik adapter va himoya g‘ilofi o‘rin egallagan.

O‘QING: vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!