Vivo X7 Obsidian Black Edition – iPhone7 Jet Black uslubidagi Android

Vivo X7 Obsidian Black Edition – iPhone7 Jet Black uslubidagi Android

Shu oyning boshida AQShda taqdim etilgan Apple iPhone7 va Apple iPhone7 Plus, shubhasiz, katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa modellrning Jet Black (yoki “qora oniks”) rangi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ushbu modifikatsiyadagi modellar to‘qqiz bosqichli anodlash va alyuminiy polirovkasidan o‘tganligi sababli o‘ziga xos qora rangga kiradi: natijada metall korpus tashqi tarafdan oynavand ko‘rinishga keladi. Albatta, bunday yangilik xitoylik shovvozlarning e’tiboridan chetda qolmadi va Xitoyning Vivo kompaniyasi iPhone7 Jet Black uslubidagi ilk Android smartfonni ommaga namoyish etdi. Kutib oling Vivo X7 Obsidian Black Edition.

vivo_iphone_7_02

Texnik parametrlari bo‘yicha X7 Obsidian Black Edition shu yilning iyul oyida chiqarilgan standart seriyadagi X7 modelidan farq qilmaydi. X7 Obsidian Black Edition Snapdragon 652 protsessorida ishlaydi, 4 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega, unga 16 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan. Smartfon 5,2 dyuymli Full HD aniqligidagi displey va 3000 mA/st sig‘imli batareya bilan ta’minlangan.

vivo_iphone_7_03

Vivo X7 Obsidian Black Edition 26-sentyabr kuni Xitoyda sotuvga chiqariladi. Narxi – 419 dollar.