vivo X70 Pro+'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo X70 Pro+'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo shu yilning aprel oyida X60 Pro+ smartfonini taqdim etgan edi. Mana oradan sakkiz oy o‘tib, kompaniya X70 Pro+ qurilmasini taqdim etdi. Kameralarni hisobga olmasak, bir qarashda qurilmaning umumiy texnik jihatlari o‘zgarmaganga o‘xshaydi.

O‘QING: vivo V21 (5G)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Foto: GSMArena

Qurilmaning displeyida o‘zgarish bo‘lgan, 6.78 dyuymli displey 120Hz adaptiv ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u endi QHD rezolyutsiyada.

Yana bir yangiliklardan biri bu - smartfonga nihoyat stereo dinamik o‘rnatildi. Shuningdek, eng katta o‘zgarishdan yana biri X70 Pro+ chang va suvdan himoya - IP68 standartiga ega bo‘ldi. Avvallari vivo flagmanlari stereo dinamik hamda IP68 himoyasiga ega emas edi.

Bu gal Snapdragon 888 chipi Snapdragon 888+ bilan almashtirildi. Bazaviy xotira hajmi esa 256GB gacha kengaydi. Shuningdek, smartfonning akkumulyator sig‘imi ham oshirildi hamda simsiz quvvatlanish imkoniyati ham yarataildi.

Foto: GSMArena

X60 Pro+ bilan taqqoslaganda, yangi modelning hajmi ham kattalashgan. Smartfondagi ko‘plab o‘zgarishlar uning narxiga ham ta’sir qilgan. X70 Pro+ oldingi avoldga qaraganda 15% ga qimmatlashgan.

vivo X70 Pro+'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.5x75.2x8.9mm, 209g; IP68 suv va changdan himoya standarti.

> Displey: 6.78 dyuymli LTPO AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1500 nit yorqinlik, 1440x3200 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 517ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888+ 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x3.0 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680; Adreno 660.

> Xotira: 8/256GB, 8/256GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, Funtouch OS 12 (xalqaro), OriginOS 1.0 (Xitoy).

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.6, 1/1.31“, 1.2µm, PDAF, lazer AF, OIS; Ultrakeng kamera: 48MP, f/2.2, 14mm, 114˚, 1/2.0“, 0.8µm, AF, gimbal OIS; Telefoto: 12MP, f/1.6, 50mm, 1/2.93“, 1.22µm, PDAF, OIS, 2x optik zum; Telefoto: 8MP, f/3.4, 125mm, 1/4.4“, 1.0µm, PDAF, OIS, 5x optik zum.

> Selfi kamera: 32MP, f/2.5, 26mm (keng), 1/2.8“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek, [email protected]/60 kadr/sek, [email protected]/60 kadr/sek, gyro-EIS, HDR10+; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek, [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 55 vatt quvvatlash texnologiyasi, 50 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, o‘zidan quvvat berish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik) NFC, stereo dinamik.

Qadoq tarkibi

X70 Pro+ katta chiroyli qutida sotiladi. Quti to‘q kulrang rangda bo‘lib, uning o‘rtasida qurilmaning nomi hamda Zeiss logotipi tushirilgan.

Foto: GSMArena

Qadoqda barcha kerakli aksessuarlar mavjud. Misol uchun, 66 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, audio jek uchun adapteri, quloqchinlar hamda yuqori sifatli g‘ilof qutidan o‘rin olgan.

O‘QING:  vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!