Vivo Xplay 7: yorqin va innovatsion devays!

Vivo Xplay 7: yorqin va innovatsion devays!

Smartfon bozorida displeylari kengayib, romlari tobora yupqalashib, hoshiyalari yo‘q bo‘lib borayotgan mobil aloqa vositalari soni tobora ko‘payib bormoqda. Ular orasida romdan to‘liq xoli bo‘lgan birorta ham smartfon yo‘q. Va, bu borada "poyga" qizg‘in davom etmoqda.

Old paneli to‘liq ekranga aylangan mobil aloqa vositalari taqdim qilinishiga oz qoldi. Bu borada g‘olib brendlar orasida Vivo ham bo‘ladi va uning ijodiga mansub "Xiaomi Mi Mix 2" jahondagi ilk to‘liq romsiz devays bo‘lishi mumkin.



Kecha internet tarmog‘ida Vivo brendining bu devaysi aks etgan suratlar tarqaldi. Suratlarga ko‘ra, smartfonning uchta tomoni imkon qadar minimal darajadagi romlarga ega bo‘lgan.

Bu devays old panelining 95% qismi ekrandan iborat bo‘lgan. Va, uning displeyida virtual barmoq izi skaneri joylashtirilgan.

Vivo Xplay 7 modelining 10 gigabaytli tezkor xotiraga ega jahondagi ilk smartfon bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa brend muxlislari orasidagi fanatizmni yanada kuchaytiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo Xplay 7 har jihatdan eng yaxshi jihatlarga ega bo‘ladi: 4K sig‘imli OLED-matritsa, Snapdragon 845 protsessori, 256/512 Gb doimiy xotira va 4 karralik yaqinlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan qo‘sh sensorli bosh kamera!

Vivo Xplay 7 modelining shu yilning bahorida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!