VKontakte ijtimoiy tarmog‘idan 100 mln kishi haqida ma’lumotlar o‘g‘irlandi

VKontakte ijtimoiy tarmog‘idan 100 mln kishi haqida ma’lumotlar o‘g‘irlandi

Sputniknews-uz.com‘ning xabariga ko‘ra, o‘g‘irlangan ekkauntlarning aksariyati 123456 va qwerty kabi eng oddiy parollar bilan himoyalangan ekan.

Rossiyaning eng yirik ijtimoiy tarmog‘i — “VKontakte” foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar internetning qora bozorida savdoga chiqarildi, deb xabar bermoqda Motherboard nashri.

Tarmoq foydalanuvchilarining ismi familiyasi, elektron pochtasi, telefon raqamlari  va boshqa ma’lumotlari Peace laqabli xaker tomonidan o‘g‘irlangan va savdoga chiqarilgan.

Motherboard xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik tizimi 2011 va 2013 yillada buzib kirilgan.

Yana bir nashr LeakedSource aytishicha, o‘g‘irlangan ma’lumotlarning 92% amal qiluvchi ekkauntlarga  tegishli bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, “VKontakte” foydalanuvchilaridan 2 mlnga yaqini 123456 kabi sonlar ketmaketligidan 300 mingdan ortig‘i esa qwerty kabi eng oddiy parollardan foydalanishgan. Undan tashqari 111111, 222222, yoki 112233 kabi parollardan ham yuz minglab kishilar foydalanishgan. Eng ommaviy parollar orasida marina va samsung so‘zlari ham uchraydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.