Volkswagen muzlatgich ishlab chiqaryapti

Volkswagen muzlatgich ishlab chiqaryapti

Volkswagen konsernining tijoriy avtomobillarni loyihalash va ishlab chiqarish bo‘linmasi eksklyuziv muzlatgich (xolodilnik) ishlab chiqara boshladi.

Nemis avtokonserni mustaqil tarzda muzlatish qurilmasini ishlab chiqaryaptimi? Yo‘q, ma’lum bo‘lishicha, maishiy texnika ishlab chiqarishi bilan tanilgan Gorenje kompaniyasi “Folksvagen” bilan hamkorlik qilmoqda. Dizayn folksvagenchilardan, qolgani Gorenje zimmasida. Volkswagen va Gorenje qo‘shma mahsuloti bahosi hali aytilgani yo‘q.

Avtomobil markasi muzlatgichga ko‘chib o‘tishi holati biz uchun yangilik emas. Sobiq SSRI davrida ishlab chiqarilgan ZiL markali muzlatgichlar ko‘pchilikning yodida bor.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!