WhatsApp haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

WhatsApp haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

WhatsApp dunyodagi eng mashhur messenjerlardandir. Quyida messenjer haqida qiziqarli ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.

WhatsApp: messenjer haqida qiziqarli statistikalar

Har kuni WhatsApp foydalanuvchilarning 70 foizidan ortig‘i tarmoqda aktiv bo‘lishadi. Ammo bu messenjer haqidagi yagona qiziqarli statistika emas.

• Har kuni messenjer orqali 60 milliard xabar va 700 milliondan ortiq fotosurat yuboriladi. Agar har bir xabarning o‘rtacha hajmi 150 Kb ni tashkil qilishini hisobga olsak, u holda yuborilgan ma’lumotlarning umumiy hajmi taxminan 4,330 terabaytni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun: dunyodagi eng quvvatli SSD atigi 60 terabayt sig‘imga ega.

• Har kuni WhatsApp'da millionga yaqin yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi, ular esa o‘z navbatida son-sanoqsiz xabarlar yuboradilar. Ayni paytda messenjerda 1,5 milliarddan ortiq faol foydalanuvchilar mavjud.

• WhatsApp'da bir oy davomida bir foydalanuvchi o‘rtacha 1200 ta xabar yuboradi, 2200 xabar va 40 ta foto qabul qiladi.

• Har bir foydalanuvchi bir kunda yangi xabarlarni tekshirish uchun platformada o‘rtacha 23 marta faol bo‘ladi va taxminan 195 daqiqa vaqtini messenjerda sarflaydi.

• WhatsApp ilovasi har soniyada o‘rtacha 12 marta yuklab olinadi.

WhatsApp: moliyaviy statistika

 WhatsApp nafaqat foydalanuvchilar soni bilan, balki moliyaviy qiymati bilan ham hayratga soladi.

•WhatsApp'ning narxi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq, Google WhatsApp yaratuvchilariga taxminan 10 milliard dollar taklif qilganligi aytiladi. Facebook oxir-oqibat messenjer uchun 19 milliard dollar to‘lagan. Biroq, Mark Zukerbergning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp to‘langan so‘mmadan ancha qimmatroq turadi.

• Shunday qilib, messenjer narxi 45 mamlakatning yalpi ichki mahsulotidan ko‘proq. Masalan, YaIM 10 milliard va 15 milliard dollarga teng bo‘lgan Malta yoki Islandiya kabi davlatlar messenjerdan kamroq daromadga ega. Hatto NASA ning yillik byudjeti ham WhatsApp narxidan pastroq.

• WhatsApp eng mashhur messenjer hisoblansada, ishlab chiquvchilar uning reklamasiga bir tiyin ham sarflamagan. Messenjer, shunchaki foydalanuvchilar orasida tarqalgan.

WhatsApp: loyiha tarixi

WhatsApp qanday paydo bo‘lganini bilasizmi? Ushbu g‘oya muallifi Yan Kum messenjerni o‘zining tug‘ilgan kunida - 2009 yil 24 fevralda o‘ylab topgan. Aytishlaricha, bu g‘oya unga sport maydonida do‘sti Brayan Akton bilan frizbi o‘ynash paytida kelgan va u darhol o‘z rejasini do‘stiga aytib bergan.

• Ikkala asoschi ham Yahoo'ning top-menejerlari bo‘lishgan, ular ko‘pincha birgalikda futbol va frizbi o‘ynab turishardi. O‘z vaqtida ikkala do‘st Facebook'da ishlashga harakat qilishgan, ammo suhbatdan o‘tish muvaffaqiyatsiz tugagan.

• Loyiha ustida ishlash Mountain-Vyudagi kichik bir ofisda boshlangan. Dastlab loyihani WhatsZap deb nomlashgan. Facebook tarkibiga kirishdan oldin kompaniyada atigi 55 nafar xodim bor edi; hozirda esa 5800 ga yaqin.

• Boshlash juda qiyin bo‘ldi: ko‘plab xatolar va xavfsizlikdagi son-sanoqsiz kamchiliklar. Ammo bir necha oy o‘tgach, dastur keng yoyilib, deyarli har bir smartfonga yetib bordi. 2013 yil aprel oyida messenjer allaqachon 200 million foydalanuvchiga, 2014 yil yanvarida esa taxminan 430 million foydalanuvchiga ega edi.

• Ilovaning muvaffaqiyatiga qaramasdan, ishlab chiquvchilar uning boshlang‘ich falsafasiga amal qilishda davom etmoqdalar. Ularning aytishicha, Yan Kumning stolida hali ham messenjerning falsafasini eslatuvchi yozuv bor: “Hech qanday o‘yin, hech qanday reklama, hech qanaqa hiyla-nayrang“ ("No games, no Ads, no Gimnicks").

WhatsApp: maxfiylik haqida savol

Facebook tarkibiga o‘tgandan so‘ng, WhatsApp o‘z foydalanuvchilarini kuzatib, xabarlarini o‘z serverlarida saqlay boshlaganligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo bu, aksariyat hollarda quruq vahima bo‘lib chiqqan.

• WhatsApp o‘z serverlarida xabarlarni saqlamaydi. Xabarlar u yerda yuborilgan manzilga yetkazilgunicha vaqtincha saqlanadi. Foydalanuvchilarning qurilmalarida esa xabarlar doimo saqlanishi mumkin.

• WhatsApp tegishli kontakt ismini ko‘rsata olish maqsadida manzillar daftaridagi telefon raqamlarini vaqtincha saqlaydi. Biroq, ular hech qayerga tarqatilmaydi.

• Ammo WhatsApp mutlaqo ishonchli messenjer emas. Masalan, boshqa messenjerlarga qaraganda WhatsApp shifrlashda ancha sust. Bundan tashqari, xabarlar tarixini foydalanuvchining smartfonida saqlash viruslarning saqlanishiga imkon beradi.

WhatsApp: shaxsiy statistika

Ko‘pgina WhatsApp foydalanuvchilari ushbu xizmatdan kuniga bir necha soat foydalanishadi.

• Ilgari, Android'larda WhatsApp uchun bepul WhatStat va Chat Statistikalari mavjud bo‘lib, ular messenjerdan foydalanishingizni grafikalar orqali batafsil ko‘rsatib bergan.

• Hozirda WhatsApp ma’lumotlar bazasiga kirishni to‘sib qo‘ygan, shuning uchun, endi o‘z ma’lumotlaringizni ko‘ra olmaysiz. Biroq, WhatsApp'da yozgan va qabul qilgan xatlaringiz sonini bilib olishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun messenjer Sozlamalarini bosing, so‘ngra Ma’lumotlar va saqlash opsiyasini tanlang.

WhatsApp: maxfiy kengaytma

Android foydalanuvchilari uchun WhatsApp'ga foydali funksiyalarni qo‘shadigan ko‘plab dasturlar mavjud. Biroq, ularning ba’zilari ishlab chiquvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan va Google Play'dan olib tashlangan.

• Bepul DashClock WhatsApp ilovasi yordamida sizning xabarlaringiz qulflangan ekranda ko‘rinadi. Ilovani o‘rnatishdan oldin, avval Google Play'dan DashClock Widget dasturini o‘rnating.

• Agar siz Facebook Messenger'i bilan birgalikda WhatsApp'dan ham foydalansangiz, istalgan vaqtda WhatsApp'dan Facebook'dagi kontaktlaringizga javob yozishingiz mumkin. WhatsApp'ga bu funksiyani bepul Dashdow ilovasi beradi.

• Agar sizning messenjeringizda smayliklar soni yetishmayotgan bo‘lsa, to‘plamingizni son-sanoqsiz rasmlar kolleksiyasi bilan kengaytirishingiz mumkin. Buning uchun bepul WhatSmiley ilovasini yuklab olsangiz bas.

Messenger and Chat Lock ilovasi WhatsApp'ga xavfsizlik funksiyalarini qo‘shadi. Messenjeringizga parol o‘rnating va shu orqali xabarlaringizni begonalardan himoyalang.

WhatsApp WebMoney'ga alternativ sifatida

Bank o‘tkazmalari, WebMoney, QiwiWallet - dunyoda elektron to‘lov sohasida juda mashhur. Ba’zi mamlakatlarda esa WhatsApp'ni to‘lov vositasi sifatida qanday ishlatishni o‘ylab topishgan.

• Shu kabi, Hindistonda WhatsApp yordamida kommunal to‘lovlarni to‘lash mumkin.

• Janubiy Osiyolik foydalanuvchilar UPI deb ataluvchi to‘lovdan foydalanishadi. Ushbu funksiya yordamida siz do‘stlaringiz va qarindoshlaringizga WhatsApp orqali pul o‘tkazishingiz mumkin.

O‘QING: Android-smartfonlar foydalanuvchilari uzoq kutgan imkoniyatni WhatsApp nihoyat taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!