WhatsApp’ning iOS versiyasida GIF-animatsiyalar paydo bo‘ldi

WhatsApp’ning iOS versiyasida GIF-animatsiyalar paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjeri garchi o‘z vaqtida millionlab foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, keyinchalik imkoniyati jihatidan undan bir muncha kuchli messenjerlar ham yaratildi. Shuning uchun messenjer endilikda yanada yangi innovatsiya va funksiyalarga muhtoj. Mazkur kamchilikni bartaraf etish maqsadida kuni kecha WhatsApp’ning iOS versiyasiga GIF-animatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tatbiq etildi.

Rolikni GIF-animatsiyasiga aylantirish uchun uning davomiyligi 6 soniyadan ortmasligi kerak. Animatsiyali Live Photo yuborish uchun “Prikrepit” tugmasiga bosish kerak, shundan keyin “Vibrat kak GIF” menyusini tanlash zarur bo‘ladi.

GIF-animatsiyasidan foydalanish uchun ilovaning WhatsApp 2.16.15 versiyasini yuklab olish lozim. Hozircha WhatsApp vakillari mazkur funksiyaning paydo bo‘lgani haqida biror ma’lumot bermagan. Bunga sabab uning Android versiyaga hali qo‘llanmagani bo‘lsa kerak.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!