WhatsApp’ning yangi versiyasi iPhone’da xotira bilan bog‘liq muammolarni paydo qilmoqda

WhatsApp’ning yangi versiyasi iPhone’da xotira bilan bog‘liq muammolarni paydo qilmoqda

WhatsApp ommabop messenjerining iOS uchun mo‘ljallangan yangi versiyasi ustidan ko‘plab foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda shikoyat qilmoqda, deb yozadi  «Hi-tech.mail.ru». Ularning ta’kidlashicha, dastur yangilanganidan so‘ng bo‘sh xotirani egallab olmoqda.

Yangilanmaga berilgan ta’rifda aytilishicha, WhatsApp’ning yangi versiyasi batareya zaryadini unchalik faol ravishda sarflamaydi, Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar dasturning multimediali kontent bilan ishlash xususiyatini yaxshiladi.

Aslida esa yangi versiya iPhone va iPad’ning bo‘sh xotirasini shiddat bilan to‘ldiradi, natijada boshqa dasturlarda muammolar yuzaga keladi. Shuningdek Apple gadjetlarining avtonomligi jiddiy tarzda pasayadi.

Ushbu muammolar yechimi topilganicha yo‘q.

Manba: Daryo.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.