Windows 10 Mobile «vafoti»ni Microsoft tan oldi

  •   DiMaX
  •  1438
  •  09.10.2017 17:11

Windows 10 Mobile «vafoti»ni Microsoft tan oldi

Microsoft’ning korporativ vitse-prezidenti Jo Belfior (Joe Belfiore) o‘zining rasmiy Twitter-akkauntida bir qator tvitlar turkumini e’lon qildi. Ularda Windows 10 Mobile platformasining umri tugaganligi tan olingan, deb yozadi windowscentral.com sayti.

Belfiorning so‘zlariga ko‘ra, Microsoft chet dasturchilarni Windows 10 Mobile uchun ilovalar ishlab chiqishga rag‘batlantirish uchun ko‘p harakat qilgan. Jumladan, ularga haq to‘lagan, ular uchun maxsus yechimlar taqdim etgan... Shunga qaramasdan, Windows 10 Mobile bazasidagi smartfon foydalanuvchilari judayam kam. Shu bois ham bu yo‘nalishdagi ishlanmalarga ko‘pchilik dasturchilar qiziqmagan.

Natijada Microsoft endi bu platforma uchun yangi imkoniyatlarni, uning keyingi versiyalarini chiqarmaslikka qaror qilgan. Biroq u Windows 10 Mobile’ni qo‘llab-quvvatlashda, xatolarini to‘g‘irlash va uning uchun xavfsizlik borasidagi yangilanishlarni chiqarishda davom etaveradi.

Shu bilan birga, Belfior foydalanuvchilarga, o‘zlari uchun qaysi platforma qulay bo‘lsa, o‘shanga o‘tishlarini maslahat bergan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!