Windows’da faylni ochmasdan turib uning ichidagilarni tezkor ko‘rish yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  2019
  •  21.07.2018 12:51

Windows’da faylni ochmasdan turib uning ichidagilarni tezkor ko‘rish yo‘li bor!

macOS operatsion tizimida juda qulay bir funksiya mavjud: biror faylni tanlab turib, klaviaturadagi «Probel» tugmachasini bossangiz, faylning o‘zi ochilmasdan, uning ichidagilar ekranga chiqarib ko‘rsatiladi. Endi Windows 10 tizimli kompyuter va noutbuklarda ham shunday qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘QING: Seer – Windows’da barcha turdagi fayllarni ochuvchi universal dastur

Aniqrog‘i, Windows 10 tizimi uchun mazkur funksiyani faollashtiruvchi QuickLook dasturi mavjud. Uni mana bu havola orqali kompyuteringizga o‘rnatib olishingiz mumkin. Keyin esa, kerakli faylni belgilab turib, «Probel»ni bosasiz – kerakli ma’lumotlarni aks ettiruvchi oyna ekranga chiqadi.

Shu tariqa rolikni tomosha qilish yoki matnli faylni o‘qish ham mumkin. Shundan keyin esa bu faylni tegishli format uchun belgilab qo‘yilgan standart dasturda ochish imkoni ham bor. Buning uchun shunchaki klaviaturadagi «Enter» tugmachasini yoki QuickLook oynasining yuqori o‘ng burchagidagi maxsus tugmachani bosasiz.

Shuningdek, QuickLook ilovasi fayllarni boshqa dasturlar yordamida ochishga ham imkon beradi. Uning oynasini kattaytirish-kichraytirish uchun esa, «Ctrl» tugmachasini bosib turgancha sichqoncha g‘ildirakchasini g‘ildiratish kifoya. Bulardan tashqari, «Ctrl» tugmachasi va yon tomonga yurituvchi tugmachalarni birga bosib, fayllarni «varaqlasangiz» ham bo‘ladi.

Eslatma: QuickLook dasturini faqat Windows 10 talqinidagi operatsion tizimga ega kompyuter va noutbuklargagina o‘rnatish mumkin.

O‘QING: Windows’ni tezlashtiruvchi va funksiyalarini yaxshilovchi bepul dasturlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!