Windows kompyuteringiz uchun eng zo'r dasturlar

Windows kompyuteringiz uchun eng zo'r dasturlar

Microsoft kompaniyasi o'zining Windows uchun dasturlar do'konidagi eng yaxshi ilovalar tanlovini o'tkazdi. Joriy yilning boshidan nomzodlar yig'ish va o'tgan oy boshidan esa nomzodlar uchun ovoz berish jarayonlari o'tkazilganidan keyin foydalanuvchilar Microsoft Store'dagi eng zo'r ilovalarni aniqlab berishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra, kompyuter uchun utilitalar kategoriyasida ekranni skrinshot va skrinvideo qilish uchun ko'p funksiyali ShareX dasturi, shuningdek, internet tezligini o'lchash imkonini beradigan taniqli Speedtest dasturi g'oliblikni qo'lga kiritishgan. Shular bilan birgalikda, Torrex Lite va Fluent Screen Recorder ilovalari ham shu qatorda eng yaxshi deb topilgan.

Fayl menejmenti bo'limi bo'yicha esa Microsoft Store'dagi Files va Rufus dasturlari birinchilikni egallagan bo'lsa, 8 Zip, One Commander dasturlari ulardan keyingi o'rinlarni egallagan.

Yana bir ochiq kodli dasturlar kategoriyasi bo'yicha esa Auto Dark Mode, EarTrumpet va ModernFlyouts dasturlari g'olib bo'lishgan. Lively Wallpaper, TranslucentTB dasturlari esa ikkinchi o'rinni egallagan.

Shuningdek, Microsoft Store jamoasi ham ma'lum bir yo'nalishlarga ko'ra o'zlari eng yaxshi deb bilgan dasturlar qaysi ekanligini ma'lum qilishdi va ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Maxsus E'tirof

  • Talk for Me

Ko'ngilochar video dasturlar

  • Disney+
  • Hulu
  • Tubi

Ko'ngilochar audio dasturlar

  • Spotify
  • FluentCast
  • GroverPro

Kreativlik - grafika va 3D bo'yicha

  • Canva
  • Paint.NET
  • Adobe Express
  • Affinity Designer
  • Blender
  • Concepts

Kreativlik - audio va video bo'yicha

  • Wondershare Filmora
  • dJay Pro
  • Animotica – Movie Maker

Ishchanlik bo'yicha

  • Drawboard PDF
  • Shapr3D

Ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha

  • Discord
  • Telegram
  • WhatsApp

Yuqorida keltirib o'tilgan barcha ilovalarni hoziroq o'z kompyuteringiz Microsoft Store orqali yuklab olishingiz mumkin.

O'QING: Milliard foydalanuvchilarga ega ikkinchi brauzer

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!