Windows operatsion tizimida ishlatiladigan tarmoqqa oid asosoiy 6 ta buyruq

Windows operatsion tizimida ishlatiladigan tarmoqqa oid asosoiy 6 ta buyruq

Anchadan beri tarmoq administratorlari uchun maqola yozmagan edim, shu sababli ushbu maqolani aynan ular uchun yozmoqchiman, maqola tarmoq administratorlikni endi boshlaganlar uchun juda foydali bo‘ladi, professionallar uchun balki qaytarish, balki nimanidir eska tushirish uchun xizmat qilsa kerak.

Tarmoq qurilgandan so‘ng, uni nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi. Boshlovchi administratorlar qurilgan tarmoqni nazorat qilishda tayyor dasturlardan foydalanishadi, bu bir hisobda to‘g‘ri, lekin operatsion tizimning o‘z buyruqlari bo‘lganda, qo‘shimcha dasturni o‘rnatish ortiqcha ish bo‘lsa kerak.

Xo‘sh, tarmoqning nimalari nazorat qilinadi, yoki tarmoqning nimalarini bilish lozim (agar tarmoq qurishda qatnashmagan bo‘lsangiz)? Eng asosiysi, tarmoq administratori lokal tarmoqdagi manzillarni, ular bilan aloqa mavjudligini, ishlatilayotgan portlarni, boshqa lokal tarmoqlar ulangan bo‘lsa, ulargacha bo‘lgan marshrutlarni bilishi shart. Maqolada, Windows operatsion tizimining «Komandnaya stroka» oynasi orqali, yuqorida qo‘yilgan savollarga javob beruvchi buyruqlarni ko‘rsatib o‘taman. Dastlab, » Komandnaya stroka» oynasini ochib olamiz, bu ishni qilishning ikki usulini ko‘rsatib o‘taman (Windows XP, Windows 7, Windows 8):

1. Win+R tugmasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynaga cmd buyrug‘i terilib, Enter tugmasi bosiladi.

2. Pusk -> Vse programmi -> Standartnie -> Komandnaya stroka

cmd_1

Yendi, tarmoq administratori bilishi shart bo‘lgan asosiy buyruqlar bilan tanishamiz:

1. Ipconfig

ipconfig_2

Bu buyruq orqali nimalarni ko‘rish mumkin:

Kompyuter mantiqiy adresi: IPv4-adres…192.168.100.37

Mantiqiy adres maskasi: Maska podseti…255.255.255.0

Asosiy shlyuz(marshrut adresi):

Osnovnoy shlyuz: 192.168.100.1

1.1 ipconfig/all

bu buyruq orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin, asosiylari

quyidagilar:

tarmoq kartasi fizik adresi (Mas adres): Fizicheskiy adres…74-56-21-A5-…

kompyuter nomi: Imya kompyutera…test

DHCP va DNS xizmatlari yoqilgan yoki yoqilmaganligi haqida

2. ipconfig /flushdns

Agar sizning kompyuteringiz DNS xizmati orqali mantiqiy manzil olayotgan bo‘lsa (IP adres), DNS server sozlashlarini o‘zgartirsangiz (ma’lum bir sabablarga ko‘ra, misol uchun ERR_DNS_FAIL yoki RR_NAME_RESOLUTION_FAILED nomli xatolar chiqsa), sizning kompyuteringiz eski manzil bilan ishlashni davom ettirishi mumkin, sababi kesh xotirada shu manzil saqlanib qolgan bo‘ladi, bu buyruq orqali, kompyuter nomlari saqlanadigan kesh xotira tozalanadi. Bu buyruq DNS xizmati bilan ishlashda foyda beradi.

3. Ping

Ma’lum bir kompyuter bilan fizik aloqa mavjudligini tekshirib beradi. Bu buyruq bilan oldingi maqolalarning birida tanishgan edik, ma’nosi fizik ulanish mavjudligini aniqlash.

Agar aloqa mavjud bo‘lsa,

ping_3

aloqa mavjud bo‘lmasa

ping_4

Undan tashqari bu buyruq orqali biror saytning manzilini ham bilish mumkin (albatta kompyuter internetga ulangan bo‘lsa)

ping_5

4. Tracert

tracerout_6

Biror uzelgacha bo‘lgan marshrutni paketlar jo‘natish va qabul qilish orqali ko‘rsatib beradi, u yerga borish uchun qanday manzillar orqali o‘tish kerakligini. Uzel sifatida biror sayt yoki boshqa tarmoqdagi biror kompyuter ishlatilishi mumkin. Undan tashqari har bir oraliqda paketlar qanday tezlikka erishganini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

5. Netstat-an

netstat

Kompyuterning tarmoqdagi statistikasini beradi, ya’ni, kompyuterdagi barcha ochiq portlar (ochiq portlar orqali kompyuterga kirishni amalga oshirish mumkin, har xil protokollar orqali), ulanish amalga oshirilgan boshqa kompyuter manzillari.

6. Getmac

fizik manzil — mas manzil haqida ma’lumot olish.

Tarmoq haqidagi asosiy buyruqlar shulardan iborat, bu buyruqlarni ma’lum bir kalit so‘zlarlar orqali to‘liq ishlatish mumkin, qanday kalit so‘zlar ishlatish kerakligini buyruqning o‘z qo‘llanmasidan aniqlashingiz mumkin, misol uchun ipconfig buyrug‘ining kalit so‘zlarini aniqlaymiz:

ipconfig /?

«/?» shu simvollar orqali barcha buyruqlarning qo‘llanmasini chiqarish mumkin.

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!