WMC 2016: Nosozliklarga to‘la qurilma “Yilning eng arzon smartfoni”ga aylandi

WMC 2016: Nosozliklarga to‘la qurilma “Yilning eng arzon smartfoni”ga aylandi

Jahon mobil kongressining 2016 yildagi anjumani yakunlariga ko‘ra, Xiaomi Redmi 2 ayni vaqtdagi eng arzon mobil qurilma sifatida e’tirof etildi. Taqdirlash marosimida uning narxi 100 AQSh dollari atrofida deb e’lon qilingan.

Bu smartfon 2015 yilning avgust oyida e’lon qilingan. Xiaomi Redmi 2 Android operatsion tizimi, 2 GB tezkor xotira asosida ishlaydigan 4 yadroli Snapdragon 410 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Gadjet 4.7 dyuymli  HD IPS (LCD) turidagi sensorli displeyga ega. Displeydagi piksellar sig‘imi 1280 x 720 belgiga teng. Har dyuymdagi piksellar soni 312 ta belgi.

Telefon apparati qo‘shimcha 8/16 GB qo‘shimcha xotirani 32 GB.gacha bo‘lgan kartaga almashtirsa bo‘ladi. Qurilma 2 ta  Micro-SIM kartasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mobil aloqa vositasi 8.1 MP bosh, 2 MP old kameraga ega. Kamera texnologiyasida avtofokus, yuz va tabassum detektori funksiyalari, LED fotochaqnog‘i mavjud. Unda 1080p formatidagi video tasvir yozish mumkin.

Mobil apparat Li-Po turidagi 2200 milliamper soat elektr quvvati olish hajmiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan.

Mobil aloqa vositasining qalinligi 9.4 mm bo‘lib, bo‘yi 134 mm va eni 67.2 mm.

Xiaomi Redmi 2 aloqaning GSM (850/900/1800/1900 MGs ) LTE (2300 MGs ) texnologiyalarida ishlaydi. Shuningdek, u Bluetooth, Irda, Wlan/Wi-fi, USB, GPS kabi texnologiyalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Mutaxassislar tomonidan ushbu smartfon 10 ballik tizimda 6.8 ballga munosib ko‘rilgan. Garchi, cho‘ntakbopligi e’tirof etilgan bo‘lsa ham, uning kamerasida olingan suratlarning xiraligi va qurilma tizimidagi sekinlik tanqid ostiga olingan.

Ammo, arzon beillat bo‘lmaydi, deganlari rost shekilli, foydalanuvchilarning fikrlariga qaraganda Xiaomi Redmi 2 sozalamalarida, ilovalarning ochilishi va ma’lumot almashinuvi texnologiyasida muammolar yetarli. Kamera va xotira qurilmasidagi nosozliklar ko‘pchilik foydalanuvchilarining hafsalasini pir qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!