World Mobile Challenge o‘zbekistonliklarni mobil ishlanmalar bo‘yicha global yoshlar tanloviga taklif qiladi

World Mobile Challenge  o‘zbekistonliklarni mobil ishlanmalar bo‘yicha global yoshlar tanloviga taklif qiladi

Eurasia Mobile Challenge – GSM operatorlari xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magi ostida mobil ishlanmalar bo‘yicha dunyoning barcha qismlaridan saralab olingan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan World Mobile Challenge jahon ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Global tanlovning final bosqichi 2016 yilning fevral oyida Barselonadagi Xalqaro mobil kongressida o‘tkazilib, unda mintaqaviy final bosqichlari g‘oliblari o‘z loyihalarini Kongressda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni yangi bozorni o‘zgartirib yuboradigan digital-g‘oyalar topishga ruhlantirishdan iborat. Tanlovning Yevrosiyo bosqichida Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston vakillari ishtirok etadi.

Tanlov mobil moliyalashtirish, digital-xizmatlar, bulutli va M2M-yechimlar, shuningdek, mamlakatlar va mintaqalardagi ijtimoiy muammolar, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan mobil ilovalar sohasida g‘oyalarni qidirishga yo‘naltirilgan.

Ko‘rik-tanlov ta’lim olishga ko‘maklashish orqali barqaror kelajakni shakllantirishga intiladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yangiliklar va texnologiyalar rivoji uchun imkoniyatlar taqdim etish maqsadida tashkil qilingan VimpelCom Ltd. global ijtimoiy loyihasi doirasida “O‘z izingni qoldir” shiori ostida amalga oshirilmoqda.

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun www.eurasiamobilechallenge.com sayti orqali ariza taqdim etishning so‘nggi muddati 2015 yilning 30 oktyabri etib belgilangan.

Ariza topshirishning to‘liq tartibi haqida konkurs saytidan batafsil ma’lumot olish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!