Xakerlar jarrohlik amaliyoti chog‘ida tibbiy texnikani o‘chirib qo‘yishdi

  •   Saroy
  •  1175
  •  07.07.2018 15:31

Xakerlar jarrohlik amaliyoti chog‘ida tibbiy texnikani o‘chirib qo‘yishdi

Tyumen  federal neyroxirurgiya markazida xakerlar hujumi amalga oshirildi.   Kiberxavfsizlik bo‘yicha Xalqaro kongressda Rossiya  Sberbanki rahbari German Gref jurnalistlarga shu haqda ma’lum qilgan.

Sberbank rahbari markaz bosh vrachi Alberta Sufianovning undan yordam so‘rab yozgan maktubi haqida gapirib bergan. Gref shunday deydi: «Shifokor 13 yoshli  qizning bosh miyasida juda murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazayotgan bo‘lgan. Ushbu amaliyotning o‘rtasida klinik markaz kiber hujumga duch kelgan, va jarrohlikda ishlatilayotgan barcha kompyuter tizimi hamda qurilmalar o‘chirib tashlangan».

Shunday qiyinchiliklarga qaramay, vrachlar «jarrohlik amaliyotini oxiriga yetkazgan». Sberbank mutaxassislari vaziyatni izga tushirishga muvaffaq bo‘lgan va tizimning faoliyatini bir kunda yo‘lga qo‘ygan. Keinchalik aniqlanishicha, xakerlar guruhi  Purgen deb ataluvchi virusni yaratishgan va tibbiy muassasadan pul talab qilib,  ularga bosim o‘tkazgan

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!