Xakerlar Rossiyani tinch qo‘yishmayapti

Xakerlar Rossiyani tinch qo‘yishmayapti

So‘nggi berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Anonymous nomi ostidagi xakerlar guruhi TASS, Kommersant, Izvestiya va boshqa yetakchi OAV veb-saytlarini buzib kirgan va Ukrainada bo‘layotgan urushni to‘xtatish haqida rus xalqiga murojaat qoldirgan. 

"Hurmatli fuqarolar. Biz sizni bu jinnilikni bas qilishga chaqiramiz, o‘g‘illaringizni va erlaringizni aniq o‘limga yubormang. Putin bizni yolg‘onga majbur qiladi va bizni xavf ostiga qo‘yadi. Biz butun dunyodan ajralib qoldik, ular neft va gaz sotib olishni to‘xtatdilar. Bir necha yildan keyin biz Shimoliy Koreyadagidek yashaymiz. Bu biz uchun nima? Putinni darsliklarga kiritish uchunmi? Bu bizning urushimiz emas, keling, uni to‘xtataylik! 

Bu xabar o‘chiriladi va ba’zilarimiz ishdan bo‘shatiladi yoki hatto qamoqqa tashlanadi. Lekin biz endi bunga chiday olmaymiz." 

Ukraina bostirib kirganidan so‘ng, Anonymous xakerlar guruhi Rossiyaga qarshi kiber-urush e’lon qilishdi. Ular 2-3 kun davomida 10 ga yaqin Rossiya hukumati saytlarini, xususan, Rossiya Mudofaa vazirligi veb-saytini buzib, undagi ma’lumotlarni tarqatib yuborishdi. Shuningdek, o‘zlaring Twitter sahifalarida ruslar qachon va qayerga hujum qilish rejalari haqida xabar berib turishdi. Xatto, Rossiya davlat telekanallari ham Anonymous hujumiga uchragan va efirga Ukraina madhiyasi qo‘yib yuborilgan. 

O‘QING: Turkiyada ilk NFT darslari o‘tildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!