Xakerlardan qanday qilib himoyalanish mumkin?

Xakerlardan qanday qilib himoyalanish mumkin?

2016 yilda xalqaro kiber jinoyatchiliklar ko‘lami yanada oshib, xakerlar tomonidan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega xatarli harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunda 300 millionga yaqin Gmail pochta xizmati va jahonning ommabop ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilarining profillariga oid ma’lumotlar xakerlar tomonidan sotuvga qo‘yilgan.

Bugun “xaker” tushunchasini izohlashga hojat yo‘q. 20-asrning ikkinchi yarmi, kompyuter texnologiyalari rivojlanayotgan davrda bu so‘z sohaning yetuk vakillarining mahoratini ifodalash, bilimini sifatlash uchun ishlatilgan.

Xakerlar meni akkauntimga oid ma’lumotlarni nima ham qilardi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Ular bu ishni faqat pul uchun emas, xakerlar forumlarida o‘zaro maqtanish va obro‘-e’tibor uchun ham amalga oshirishadi.

Profil uchun maxfiy kalit so‘z tanlashda ko‘pchiligimiz qiladigan ommabop xato shuki, biz turli tarmoq va elektron pochta sahifalari uchun yagona kalit so‘zdan foydalanamiz. Ya’ni, Gmail, Facebook, Twitter’ga bir xil maxfiy so‘zgi ishlatamiz.

Profil va internet sahifaning xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi foydali maslahatlarga amal qiling.

  1. Har sahifa va pochta xizmati uchun alohida maxfiy kalit so‘zni ishlating.
  2. Har 3-6 oyda maxfiy kalit so‘zni almashtirib turing.
  3. Maxfiy kalit so‘zni katta va kichik harflar, maxsus belgilar, raqamlar ishtirokida shakllantiring.
  4. Tug‘ilgan kun, sevimli ovqat, kino nomlari bilan bog‘liq so‘zlardan kalit so‘z tanlamang.
  5. Turli manbaalardan ma’lumot olish, qiziqarli aksiya yoki so‘rovnomalarda ishtirok etishda maxfiy kalit so‘z va profil ma’lumotlari so‘ralganida, ularni rad eting.

Shularga amal qilsangiz internet atalmish hududda xavfsiz va bexavotir yashash imkoniga ega bo‘lasiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!