“Xalq so‘zi” gazetasi sayti xakerlar hujumiga uchradi

“Xalq so‘zi” gazetasi sayti xakerlar hujumiga uchradi

«Narodnoye slovo» va «Xalq so‘zi» gazetalari saytlari 27 mart kuni xakerlar hujumiga uchragan, ayni vaqtda bu saytlar internet foydalanuvchilari uchun ochiq emas. Bu haqda uz24.uz sayti xabar bergan.

Saytlarning bosh sahifasida ayni vaqtda Anonplus belgisi joylashtirilgan.

Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Anonplus – ijtimoiy tarmoq bo‘lib, u xalqaro xakerlar tarmog‘i Anonymous tashkilotiga tegishli hisoblanadi. Anonymous  va Anonplus emblemalari ham bir-biriga o‘xshab ketadi.

Manba: Kun.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!